Rustamning yoyi. Dadamning oxirgi xati. Begona odam




„Rustamning yoyi. Dadamning oxirgi xati. Begona odam“ — tojik yozuvchisi Sattor Tursun, qozoq yozuvchisi Turgʻan Toʻxtamov hamda qirgʻiz yovuzchisi Junay Mavlonov qalamiga mansub qissa va hikoyalar toʻplami. 1986-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamni Orziqul Ergashev tuzgan.

Sattor Tursunning „Rustamning yoyi“ qissasida asar bosh qahramonlarining sevgisi, kishilarning bir-biriga munosabati, turmush tarzi togʻlar orasidagi sovxoz misolida tasvirlansa, Turgʻan Toʻxtamovning „Dadamning oxirgi xati“da Ikkinchi jahon urushi davrida front ortida yashagan yoshlarning kurashi va mehnati haqida soʻz yuritiladi. Shuningdek, toʻplamga kirgan Junay Mavlonov hikoyalarining bosh mavzusi Oʻrta Osiyo xalqlari oʻrtasidagi doʻstlikdir.

Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov – muharrir, D. Oʻrazayev – rassom, R. Zufarov – rasmlar muharriri, U. Kim – texnik muharrir, M. Nabiyeva, M. Tojiyeva – musahhihlar. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

Qissa va hikoyalar



„Rustamning yoyi“, Sattor Tursun (Jamol Sharopov tarjimasi)

„Dadamning oxirgi xati“, Turgʻan Toʻxtamov (Sh. Soatova tarjimasi)

„Begona odam“, Junay Mavlonov (Tursunboy Adashboyev tarjimasi)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz