Rustambek domla




Rustambek Yusufbekov , Rustambek domla (1880 — Toshkent — 1950.17.5) — pedagog, oʻzbek maʼrifatparvari. Dastlab maktabxonat, soʻng Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasasida oʻqigan. 1910-yillarda yangi usul maktabi ochib, unda oʻqituvchilik qilgan. "Taʼlimi avval" ("Dastlabki taʼlim") alifbe kitobini (1913), "Taʼlimi soniy" ("Ikkinchi taʼlim") oʻqish kitobni (1915) yozgan. Jadidchilik harakatida qatnashganligi uchun qamalgan.



uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz