Rustam Xolmatov
Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov (1961-yilda tugʻilgan, Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekiston davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (2019-yil 4-iyun — 2021-yil 30-yanvar).
Biografiya
Rustam Xolmatov 1961-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1987-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tugatgan. 1977-yilda Oqqoʻrgʻon sovxozida iqtisodchi, keyin katta iqtisodchi, soʻngra bosh iqtisodchi boʻlib ishlagan.
1995-yilda Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. 2003-yilda Chinoz va Quyi chirchiq tumani hokimi, 2008-yilda esa Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan. 2013-yilda Islom Karimovning buyrugʻi bilan lavozimidan chetlashtirildi. 2016-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimiga qaytdi. 2017-yilda Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi. 2018-yil oktyabrdan qishloq va suv xoʻjaligi, arxitektura, kapital qurilish va aloqalarni rivojlantirish boʻyicha birinchi oʻrinbosar boʻlib ishlagan.
2019-yil 4-iyunda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi. 2021-yil 30-yanvar kuni oʻz xohishi bilan lavozimidan ozod qilindi. Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 19-mart kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Rustam Xolmatovni ishdan bo‘shatish niyati bo‘lmaganiтш lekin, uning o‘zi ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozganini ma’lum qilgan.
Mukofotlar
"Mehnat Shuxrati" ordeni (2002-yil 27 avgust)
Manbalar
uz.wikipedia.org