Rustam To‘laganov
Rustam To'lqin o'g'li To'laganov (6-oktabr 1991-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik professional bokschi boʻlib, yarim ogʻir vazn toifasida ishtirok etadi. Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori (2016), havaskorlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati kumush medali sovrindori (2015).
Havaskorlik faoliyati
Rustam Toʻlaganov 2015-yil sentyabrda Bangkokdagi Osiyo chempionatida 91 kg vazn toifasida finalda qozogʻistonlik Vasiliy Levitga magʻlub boʻlib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
U 2015-yil oktyabr oyida Dohada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, musobaqaning 1/16 finalida hakamlarning yakdil qarori bilan yangi zelandiyalik Devid Nik ustidan (3:0 hisobida) gʻalaba qozonadi, lekin chorak finalda esa kubalik Erislandi Savonga bir ovozdan (0:3 ball hisobida) imkoniyatni boy beradi.
Rustam Toʻlaganov 2016-yil avgust oyida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida 91 kg vazn bilan bronza medalini qoʻlga kiritadi.
Professionallik faoliyati
Rustam 2017-yilning 27-oktyabrda amerikalik bokschi Robert Gerrani (2:5) hakamlarning yakdil qarori bilan (bal: 40-36, 40-36, 40-36) magʻlub etib, boksdagi professional faoliyatini boshlagan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org