Rustam Tillibayev




Rustam Tillibayev - Sharqshunos-filolog-arabshunos, tarix fanlari doktori. 1945-yil Andijon viloyatining Izboskan tumanida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1967-yil bitiruvchisi.

1968-yildan ToshDU sharq fakultetining arab filologiyasi kafedrasida arab tili oʻqituvchisi; 1973 – 1976-yillar davomida SSSR FA SHI da aspirant; 1976 – 1978-yillar mazkur institutda katta ilmiy xodim; 1978 – 1983-yillar Andijon adabiyot muzeyi direktori; 1983 –1991-yillar OʻzFA SHI katta ilmiy xodimi; 1991 – 1995-yillar Andijon DPIda professor, sharq tillari kafedrasining mudiri; 1995 – 1998-yillar ToshDSHI islomshunoslik kafedrasida professor. 1998– 1999-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oʻzbekiston tarixi markazining boʻlim boshligʻi; 1999 –2004-yil Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari; 2005 – 2010-yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati;

Ilmiy yoʻnalishi – manbashunoslik, Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlar tarixi, tasavvuf tarixi. 15 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir necha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi.

Asosiy ilmiy ishlari:

Nomz. diss. mavzusi: “Sem muallakat” (vvedeniye, istoriya, izucheniye, kommentirovannыy perevod)». – M., 1976.

Dokt. diss. mavzusi: “Sredneaziatskiye agiograficheskiye sochineniya XV – XVI , kak istoricheskiy istochnik (jitiya sheyxov nakshbandiyev)”. – T., 1994.

1. Sb. “Muallakat” v svete nov. issledovaniy // Nauchn. tr. TashGU. T. 5. Vostokovedeniye. – M., 1975. – S.  9 – 21.

2. Sbornik “muallakat” v svete novыx issledovaniy // Voprosы estetiki, poetiki i tekstologii. Sbornik statey. – Moskva, 1977. – S. 5 – 16.

3. “Zubdat al-makomat” – kak istochnik po istorii nakshbandizma // Tezisы dokladov. – Moskva, 1987. - 88 s.

4. Sufiyskiy orden Nakshbandiya // Korrespondent – Tashkent, 1989. - № 12 – S. 16 – 27.

5. Sufiy maslaklari.Naqshbandiya tariqati // Muxbir. – Toshkent, 1990. - №12. – B.42 – 43.

6. K voprosu ob ordene “Nakshbandiya” // Iz istorii sufizma: Istochniki i sotsialnaya praktika.– Tashkent, 1991.

7. Obrazsы doislamskoy poezii arabov (V – VII vv.): Uchebnoye posobiye po kursu istorii arabskoy literaturы. – Tashkent, 1993.

8. Jitiye Lutfullaxa Chusti kak istochnik po istorii Maverannaxra XVI v. // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Tashkent, 1994. – № 3 – 4. – S. 76 – 78.

9. Rasprostraneniye Nakshbandizma v Indiyu. – Andijan, 1994.

10.  Mirzo Ulugʻbek va Xoja Ahror munosabatlari haqida // Amir Temur va vatanparvarlik mavzusidagi ilmiy konferensiya tezislari. – Toshkent, 1997.

11. Adolat – bosh mezon (Amir Temur saltanatidagi davlatchilik va huquq) // Jamiyat va boshqaruv. – Toshkent, 2000.

12. Xoja Ahrorning insonparvarlik faoliyati // Xoja Ahror Valiyning Markaziy Osiyo tarixi va maʼnaviyatida tutgan oʻrniga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjuman materiallari). – Toshkent, 2004.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz