Rustam Teshaboyev
Rustam Dadajonovich Teshaboyev (1946-yil 20-mart, Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2011-yil 22-dekabr, Pekin, Xitoy) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
Rustam Teshaboyev 1946-yil 20-mart Farg‘ona tumanida o‘qituvchi oilasida tugʻilgan. 1963-yilda shu tumandagi 5-maktabni tamomlagan. 1953—1968-yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. 1968—1969-yillarda Farg‘ona politexnika instituti assistenti, 1975—1976-yillarda ushbu institutning „Sanoat va fuqaro qurilishi“ kafedrasi mudiri, 1976—1998-yillarda qurilish fakulteti dekani, 1998—2005-yillarda Farg‘ona politexnika instituti ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari prorektori, 2005—2011-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali direktori lavozimida ishlagan.
Vafoti
2011-yil 22-dekabrda Xitoy Xalq respublikasining Pekin shahrida respublika miqyosidagi xizmat safarida vafot etgan.
Ilmiy faoliyati
1971—1974-yillarda Moskva muhandislik-qurilish instituti aspiranturasida tahsil olgan va 1975-yilda nomzodlik dessertatsiyasini yoqlagan. 1997-yilda Toshkent arxitektura–qurilish institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Qurilish mavzusiga doir 130 dan ziyod ilmiy maqolalar, 3 ta monografiya, 6 ta o‘quv darslik va qo‘llanmalar muallifi.
Mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org