Rustam Shoabdurahmonov
Rustam Mavzurovich Shoabdurahmonov (1962-yil 24-mayda tugʻilgan) — Toshkent shahar hokimi (2001-2005), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi (2019—2022), Oʻzbekiston Respublikasining Qilichbozlik federatsiyasi raisi (2017-2019).
Biografiya
1983-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.
1983-1985 — Armiya safida xizmat.
1985-1985 — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ishlab chiqarish quvvatlarini oʻrganish boʻyicha Kengashning katta laboranti
1985-1988 — „Uzbekselmash“ birlashmasida katta iqtisodchi, boʻlim mudiri.
1988-1991 — Yunusobod tumani partiya komiteti kotibi oʻrinbosari, ijro etuvchi komitet raisining oʻrinbosari.
1991-1995 — Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining oʻrinbosari.
1995-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi talabasi.
1996-1999 — Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, Iqtisodiyot bosh boshqarmasining boshligʻi.
1999-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosari.
2000-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari.
2000-2001 — Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari.
2001-2005 — Toshkent shahar hokimi.
2005-2010 — Oliy Majlis Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi
2005-2011 — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari.
2011-2017 — nafaqada.
2017-2019 — Oʻzbekiston Respublikasining Qilichbozlik federatsiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Xususiy, ijtimoiy-madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obyektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash boshqarmasi boshligʻi.
2019-2022 — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi.
2001-yilda Mehnat shuhrati ordeni, 2004-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org