Rustam Sa'dullaev




Rustam Abdullayevich Saʼdullayev (ruscha: Рустам Абдуллаевич Сагдуллаев) — oʻzbek va sovet aktyori va rejissori.

Tarjimai holi



1950-yil 25-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktabda oʻqish paytida Pionerlar uyining dramachilik toʻgaragiga ham qatnagan. Kinodagi ilk rolini 13 yoshida oʻynagan — „Dorbozlar“ filmida Alijon rolini ijro etgan.

1973-yilda „Sevishganlar“ filmida Saʼdullayev bilan birga suratga tushgan Rodion Naxapetov „В бой идут одни старики“ filmidagi Romeo roliga Rustamni tavsiya qiladi. Leonid Bikov rejissyorligi ostida suratga olingan ushbu harbiy filmda ijro etgan roli bilan Rustam Saʼdullayev butun Sovet Ittifoqiga taniladi.

1975-yilda Rustam Saʼdullayev A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan va Oʻzbekfilm kinostudiyasi aktyoriga aylangan.

Rejissyorlik faoliyatini 1984-yilda u oʻzining ilk „Ostansya“ filmida rejissyorlik qilgan.

2001-yilda esa 10 qismdan iborat boʻlgan „Koʻrlar“ („Slepie“) teleserialida bir vaqtning oʻzida rejissyorlik, prodyuserlik, ssenariy muallifi hamda bosh rol ijrochisi vazifasini bajargan. Ushbu serial Saʼdullayev oʻgʻlining sharafiga atalgan xususiy „ Ravshan-film “ kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Shaxsiy hayoti



Oilasi: turmush oʻrtogʻi Marina Vladimirovna Kuzina bilan 1987-yilda suratga olingan „Shok“ filmining suratga olish jarayonidagi syomkalarda tanishishgan.,— Marina oldin „ Oʻzbekfilm “ kinostudiyasida ishlagan (hozirgi kunda xususiy mehmonxona sohibi). Rustam va Marina ikki nafar farzandning ota-onasi — qizi Navroʻza (1993) jurnalist va oʻgʻli Ravshan — informatik.

Film




Serial




Kliplar




Manbalar




Havolalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz