Rustam Qosimov
Qosimov Rustam Sobirovich — Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori.
Biografiya
2001-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari.
2004-yil 12-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri etib tayinlangan.
2004-yil 13-oktabrdan 2009-yilgacha shuningdek — Oʻzbekiston Bosh vazirining taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy soha va yoshlar siyosati boʻyicha oʻrinbosari.
2009-2011-yillar — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori.
2011-2016-yillar — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi aʼzosi.
2016-yil 16-sentabrda yana Oʻzbekiston Bosh vazirining taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy soha va yoshlar siyosati boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri etib tayinlangan.
2017-yil 21-iyundan 2018-yilgacha — Oʻzbekiston Prezidentining fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport boʻyicha davlat maslahatchisi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi rektori.
2018-2021 — Oʻzbekiston Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi.
2019-2021 — Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori.
2021-yil 6-mayda vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org