Rustam Murodov
Rustam Murodovich Murodov (1956-yil 2-yanvar, Gʻallaorol tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2004), professor (2008).
Biografiyasi
Rustam Murodov 1956-yil 2-yanvar Gʻallaorol tumanida tugʻilgan. 1976-yilda oshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1976—1977-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti kichik ilmiy xodimi, 1977—1980-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti aspiranti, 1980—1984-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti „Paxtani dastlabki ishlash“ kafedrasi assistenti, 1984—1985-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Namangan filiali „Texnikaviy mexanika“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1985—1992-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Namangan filiali „Texnikaviy mexanika“ kafedrasi mudiri, 1992—1995-yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti „Texnikaviy mexanika“ kafedrasi mudiri, 1995—2000-yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti Ilmiy boʻlim boshligʻi, 2000—2017-yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimda ishlagan. 2017-yildan Namangan muhandislik-texnologiya institutining „Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi“ kafedrasi professori.
Ilmiy faoliyati
Rustam Murodov 400 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 2004-yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida „Paxtani dastlabki texnologiyasida tashish jarayonining samaradorligini oshirish asoslari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2008-yilda professor ilmiy unvoni berildi.
Mukofoti
Manbalar
uz.wikipedia.org