Rustam Mirsodiqov
Rustam Toʻxtamurodovich Mirsodiqov (19-may 1955-yil) — o‘zbek futbolchisi va murabbiyi.
Biografiyasi
Futbolchilik faoliyati
Rustam Mirsodiqov futbolga ilk qadamlarini Toshkentdagi „Titov“ nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida murabbiylar I.Toshmuxamedov, V.Yatchenko va Y.Aranovichlar rahbarligida qo‘ygan.
1972-yilda „Paxtakor“ futbol jamoasiga tavsiya etilgan va bu jamoada 1975-yilgacha o‘ynagan. Keyin esa Toshkentning „Traktor“ jamoasi sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida „Bo‘ston“, „Dinamo Samarqand“ va „Sohibkor“ klublarida to‘p surgan. Rustam Mirsodiqov futbolchi sifatidagi professional faoliyatini 1989-yilda Andijonning „Spartak“ klubida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
1991-yildan boshlab Mirsodiqov murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullana boshlagan. 1992-yilda „Paxtakor“ jamoasi bosh murabbiyi Axrol Inoyatovning yordamchisi vazifasini bajargan. 1995-1996-yillarda „Do‘stlik“ klubida klub rahbari va bosh murabbiy lavozimlarida ishlagan.
1996-1998-yillarda Toshkentning „MHSK“ klubiga rahbarlik qilgan. 1997-yilda uning boshchiligida „MHSK“ O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan. O‘sha mavsum yakunida Rustam Mirsodiqov O‘zbekistonda „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ deb topilgan.
1997-yilda O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Mirsodiqov oldidagi masala klubni 1998-yilgi jahon chempionatiga olib chiqish edi. Ammo jamoa saralash turnirida yomon natija ko‘rsatadi va Mirsodiqov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etiladi.
1999-yilda yana „Do‘stlik“ klubiga murabbiy etib tayinlanadi va o‘sha mavsumda klubni mamlakat chempionligiga olib chiqadi. Mavsum yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ nominatsiyasi uchun so‘rovnomada uchinchi o‘rinni egallaydi.
Shundan so‘ng Toshkentning „Lokomotiv“ va „Qizilqum“ klublarida faoliyatini davom ettirgan. 2008-2017-yillarda Bekobodning „Metallurg“ klubini boshqargan.
Yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org