Rustam Assakalov




Rustam Shatbievich Assakalov (1984-yil 13-iyulda tugʻilgan, Novorossiysk, Krasnodar oʻlkasi) — Adige yunon-rum kurashchisi, Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Osiyo va Osiyo oʻyinlari chempioni, jahon chempionatlari sovrindori.

Tarjimai hol



1984-yilda Novorossiyskda (SSSR) tugʻilgan. 2012-yilgacha Rossiya terma jamoasida ishtirok etadi, keyin Oʻzbekistonga koʻchib keladi. 2013-yilda  u Osiyo chempioni boʻladi. 2014-yilda Rustam Osiyo chempionati kumush medali sovrindori va Osiyo oʻyinlari chempioni boʻladi. 2015-yilda Asaakalov Osiyo chempioni, jahon chempionati kumush medali sovrindori boʻladi. 2016-yilda u Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadi, ammo u yerda kurashchi atigi 8-oʻrinni egallaydi. 2017-yilda Osiyo chempionati bronza medalini, shuningdek, Islom birdamlik oʻyinlarining bronza medalini ham qoʻlga kiritadi. 2018-yilda Osiyo chempionati va Osiyo oʻyinlarining kumush medali sovrindoriga aylanadi.

2019-yili Qozogʻistonda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlari oldidan jahon chempionatida 87 kilogrammgacha vazn toifasida Rustam Assakalov bronza medali bilan birga yana milliy olimpiya qoʻmitasiga olimpiya yo'llanmasini ham olib kiradi.

Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarida Rustam Assakalov chorak finalda magʻlub boʻladi. Hamyurtimiz xorvatiyalik Ivan Huklekka qarshi shohsupaga chiqib, murosasiz kurash 4:1 hisobida xorvatiyalik kurashchi foydasiga hal boʻladi.

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz