Rustam Aslanov




Aslanov Rustam Mamedovich (1937-yilda Turkmanistonning Chorjuy shahrida tugʻilgan — 2009-yilda vafot etgan) — sharqshunos, tarixchi, xitoyshunos, tarix fanlari nomzodi, dotsent. ToshDU sharq fakultetining 1962-yil bitiruvchisi. Oʻzbekiston radiosi sobiq bosh muharriri (1967—1969).

Faoliyati



Pekin universitetida stajyor (1962—1963), ToshDU sharq fakulteti xitoy tili oʻqituvchisi va dekan muovini (1963—1967), Nanzan universitetida (Singapur Respublikasi) stajyor (1968—1969); Partiya Markaziy Komiteti qoshidagi Ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranti (1969—1972; Moskva); Oʻzbekiston Davlat teleradio komitetida xorijiy mamlakatlar uchun eshittirish dasturining direktori (1972—1976); 1976-yildan Rossiya FA Uzoq Sharq institutida katta ilmiy xodim [orada Xitoy universitetiga ilmiy safar (1988 — 1989)], direktor muovini (1989), vafotiga qadar yetakchi ilmiy xodim va Xitoy siyosiy va tarixiy tadqiqotlari Markazi boshligʻi (2009).

Ilmiy yoʻnalishi



Xitoy kompartiyasi tarixi. Xitoy kompartiyasi tarixi va uning boshqa xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlari. 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. Rossiya Uzoq Sharq institutida muttasil oʻtkazib kelinadigan „Xitoy, xitoy sivilizatsiyasi va dunyo. Tarix, hozirgi zamon, istiqbol“ mavzuidagi ilmiy konferensiya doimiy tashkiliy qoʻmitasining raisi boʻlgan. RAYENning muxbir aʼzosi.

Asosiy ilmiy ishlari:




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz