Russia's Protectorates in Central Asia
„
Russiaʼs Protectorates in Central Asia: Bukhara and Khiva, 1865-1924 “ (tarjimasi „Rossiyaning Markaziy Osiydagi protektoratlari: Buxoro va Xiva, 1865–1924“) — amerikalik tarixchi Seymour Becker qalamiga mansub kitob. Kitobda Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyodagi ikki protektorati — Buxoro amirligi va Xiva xonligining 1865–1924-yillar orasidagi tarixi haqida hikoya qilinadi. „Russiaʼs Protectorates in Central Asia“ Rossiyaning ushbu xonliklar bilan munosabatlariga bagʻishlangan ingliz tilidagi ilk asardir.
Kitob ilk marotaba 1968-yil Harvard universiteti nashriyotida chop etilgan. „Russiaʼs Protectorates in Central Asia“ universitetning „Rossiya tadqiqot markazi izlanishlari“ (inglizcha: Russian Research Center Studies) turkumi doirasida chop etilgan 54-kitobdir. Kitob 2004-yil „RoutledgeCurzon“ britan nashriyotida qayta nashr qilingan. 2009-yil ayni nashriyotda qaytadan chop etilgan. Yangi nashr uchun yangi muqaddima yozilgan. Shuningdek, kitobdagi ayrim xatoliklar tuzatilgan hamda ilk nashr eʼlon qilinganidan keyin chop etilgan tadqiqotlar haqida qisqacha maʼlumot qoʻshilgan.
Yale universiteti xodimi Firuz Kazemzadeh 1968-yil yozgan taqrizida kitobni „Buxoro va Xiva protektoratlari zabt etilganidan 1924-yilgacha boʻlgan [davr] haqidagi mukammal, yaxshi hujjatlashtirilgan ish“ oʻlaroq baholagan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org