Russen (volk)
Ruslar slavyan oilasidagi xalq, Rossiya Federatsiyasining asosiy aholisi (taxminan 120 mln. kishi). Ukrainada 11,35 mln. kishi, Qozogʻistonda 6,23 mln. kishi, Oʻzbekistonda 1,65 mln. kishi, Belorussiyada 1,34 mln. kishi, Qirgʻizistonda 916,6 ming kishi, Latviyada 900 ming kishi, Moldaviyada 560 ming kishi, Estoniyada 475 ming kishi, Ozarbayjonda 390 ming kishi, Tojikistonda 390 ming kishi, Litvada 345 ming kishi, Gruziyada 340 ming kishi, Turkmanistonda 330 ming kishi, Armanistonda 51 ming kishi, shuningdek, Amerika mamlakatlarida (asosan, AQShda 1 mln. kishi, Kanada va boshqa mamlakatlarda jami taxminan 1,4 mln. kishi) va Gʻarbiy Yevropada yashaydilar. Umumiy soni 146,5 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Rus tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, pravoslavlar. Ruslar, ukrain va beloruslar kabi, urugʻ qabilachilik munosabatlarining yemirilishi va Kiyev atrofida Qadimgi Rus davlati vujudga kelishi jarayonida sharqiy slavyan qabilalaridan shakllangan qadimgi rus elatidan paydo boʻlgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org