Russell Canouse




Rassell Canouse (talaffuzi: Rassel Kanus; 1995-yil 11-iyunda tugʻilgan) — amerikalik professional futbolchi, Major League Soccer vakili DC United jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Yevropa



Canouse New York Red Bulls yoshlar akademiyasiga oʻsmirlik chogʻida qoʻshilgan. Germaniyaning TSG 1899 Hoffenheim jamoasida debyutini 2016-yilning 12-martida VfL Volfsburgga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Canousee 2016—2017-yilgi mavsumni VfL Bochumda ijara asosida oʻtkazdi.

DC United




Canouse 2017-yil avgust oyida DC United jamoasiga qoʻshildi. Patrik Mullinsga 2017-yil 27-sentyabrda New York Red Bullsga qarshi oʻyinda assistentlik qildi. Rassell oʻzining ajoyib jamoaviy ishlashi va oʻyini uchun DC Unitedning taniqli oʻyinchisi hisoblangan.

2018-yil 13-oktabrda Canouse birinchi golini 86-daqiqada „Dallas“ ga qarshi oʻyinda kiritdi va bu gol oʻyinning yagona goli boʻlib qoldi.

2019-yilning 27-iyulida Canouse pnevmotoraks tufayli 3-6 hafta maydonga tushmasligi kutilgandi. Bir oydan koʻproq vaqt oʻtkazgandan soʻng, jarohatdan qaytdi va 2019-yil 31-avgustda Monreal Impactga qarshi maydonga tushdi. Oʻyin davomida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynadi. Maʼlum boʻlishicha, 2.Bundesliga jamoasi „Dynamo Drezden“ 2019-yilning dekabr oyida Canousega qiziqish bildirgan.

Xalqaro



Canouse AQShning 20 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida oʻynagan. 2015-yilgi CONCACAF ning 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilari chempionatida jamoa sardori boʻlgan. Oʻshanda 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun AQSH roʻyxatiga kiritilgan, biroq jarohati sabab musobaqani tark etishga majbur boʻlgan.

2018-yilning 8-yanvarida Canousee Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Amerika Qoʻshma Shtatlari erkaklar milliy terma jamoasiga chaqiruv oldi.

Shaxsiy hayoti



Canouseaning Kyle Oster ismli akasi bor. Erika Canousea ismli ayoli bor.

Statistika



Klublarda




Terma jamoada




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz