Ruslan Nuritdinov
Ruslan Shamil’evich Nurudinov (24-noyabr, 1991) — 1991-yil 24-noyabrda Andijon viloyatida tugʻilgan, oʻzbekistonlik ogʻir atletikachidir. 2013-yil oktyabrida Polshaning Wrocław shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika chempionatida 105 kg vaznda qatnashib, oltin medal oldi.
Sport faoliyati
Ruslan Nurudinov xalqaro maydondagi dastlabki gʻalabasini 2009-yili Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida qoʻlga kiritgan va oltin medalga sazovor boʻlgan.
R.Nuriddinov 2011-yili Fransiyadagi jahon chempionatida shtangani siltab koʻtarishda kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2012-yili Janubiy Koreyada oʻtgan Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi va London Olimpiadasida kuchli toʻrtlikdan joy oldi.
2013-yil ogʻir atletikachi uchun har tomonlama muvaffaqiyatli boʻldi. Dastlab mamlakat chempionatida gʻalaba qozongan Ruslan Osiyo chempionatida ham uchta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Iyul oyida Jahon universiadasida ikki marotaba rekord oʻrnatib, chempion boʻldi. Bu yilgi mavsumning eng nufuzli musobaqasi — jahon chempionatida ham shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.
Mukofotlari
2013-yil 30-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Ruslan Nuritdinov „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlandi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org