Ruslan Mirzayev




Mirzayev Ruslan Erkinovich  — oʻzbekistonlik harbiy arbob, general-mayor, 2008-2018-yillarda Oʻzbekiston chegara qoʻshinlari qoʻmondoni, 2005-2008-yillarda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri boʻlgan.

Biografiya



1965-yil 21-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1986-yilda Sovet Ittifoqi davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB) oliy harbiy-siyosiy chegara bilim yurtini, 1989-yilda KGB Oliy maktabini tamomlagan.

1982-yildan davlat xavfsizlik organlarida.

1986-yildan 1992-yilgacha KGB chegara qoʻshinlari operativ guruhining tezkor boʻlinmalarida xizmat qilgan.

1992-1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘linmalarida xizmat.

1999-2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabida boshqarma boshlig‘i, so‘ngra Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2002-2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, kotibi lavozimlarida ishlagan.

2005-2008-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.

2008-2012-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari — Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni.

2012-2018-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bo‘linmalarida rahbarlik lavozimlarida.

2018-2020-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari — Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni.

2020-2022-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibiyati bosh konsultanti.

2022-yil 1-yanvardan hozirgi kunga qadar Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz