Ruslan Margiyev
Ruslan Taymurazovich Margiev (ruscha: Руслан Таймуразович Маргиев, 1995-yil 21-mart, Vladikavkaz, Rossiya) — rossiyalik futbolchi, „Rubin Yalta“ yarim himoyachisi.
Karyerasi
Tolyatti akademiyasining talabasi. Professional futbolda esa Vladikavkazning „Alaniya-D“ jamoasi safida debyut qilgan. Keyinchalik, ikki mavsumni Qrim Premyer-ligasida oʻtkazdi. „Okean“ va „TSK-Tavriya“ jamoalarida oʻynagan.
2019-yilning yozida Oʻzbekiston Superligasining Qizilqum klubiga oʻtdi. 26-iyul kuni "Navbahor"ga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi.
2021-yil mart oyida yana Qrimga joʻnadi va „Qrimteplitsa“ klubiga qabul qilindi. Bir yil oʻtgach, „Yevpatoriya“ga koʻchib oʻtdi. 2022-yilning avgustidan — Yaltaning Rubin klubi futbolchisi.
Manbalar
uz.wikipedia.org