Ruslan Kireyev
Ruslan Timofeyevich Kireyev (1941-yil 25-dekabr, Qoʻqon shahri, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — sovet va rus yozuvchisi, Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Aleksey Maksimovich Gorkiy nomidagi adabiyot instituti professori, adabiyo boʻyicha bir qancha davlat mukofotlari sovrindori, 50 ta kitoblar muallifi. 1990—2000-yillari „Noviy mir“ jurnali nasr boʻlimi rahbari, 2010-yildan „Russkiy Buker“ (tarjimasi „Ruscha Buker“) mukofotining hakamlar hayʼati raisi. 1973-yildan KPSS aʼzosi.
Tarjimayi holi
Ruslan Kireyev 1941-yil 25-dekabr Oʻzbekiston SSR, Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida tavallud topgan. Ilk ijodiy faoliyati 1958-yil 12-oktyabrda boshlagan. Aynan mana shu payda mahalliy nashrlarda ilk sheʼrlari chop etila boshlangan. 1959-yildan boshlab sheʼrlari Moskvadagi „Krokodil“, „Smena“, „Yunost“ gazetalarida nashr etila boshlanadi. 1962-yili Qrimda birinchi sheʼriy toʻplami nashr etiladi. Bu paytlari Kireyev avtomexanik boʻlib ishlayotgandi. 1962-yilda Aleksey Maksimovich Gorkiy nomidagi adabiyot instituti oʻqsihga kirib, mazkur institutni 1967-yilda „adabiyotchi“ (jurnalist) mutaxassisligi boʻyicha bitiradi. Simferopoldagi „Krimskiy komsomoles“ gazetasining adabiy toʻgaragi aʼzosi boʻlgan boʻlib, bu toʻgarakka shoirlar Yegor Samchenko, Valdimir Lentsov, dramaturg Valentin Krimko (boshqa taxalluslari Gurevich, Pridatko) ham aʼzo boʻlishgan. Keyinchalik barchasi Moskvaga ketishadi hamda tez orada SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzolariga aylanishadi. Kireyev 50 ta asarlar yozgan boʻlib, shundan 19 tasi turli tillarga tarjima qilingan. Kireyevning bir qancha asarlari davlat mukofotlari roʻyxatidan joy olgan, jumladan, 2008-yili „Bolshaya kniga“ milliy adabiyot mukofotining roʻyxatida „50 let v rayu“ asari, 2009 va 2012-yili „Yasnaya polyana“ mukofotining roʻyxatida „Pir v odinochku“ va „50 let v rayu“ kitoblari joy olgan.
Asarlari
Mukofotlari
2003-yil 14-oktyabr kuni Kireyev milliy madaniyat sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati va adabiyot rivojidagi xizmatlari uchun Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org