Ruslan Chagayev




Ruslan Shamilovich Chagayev (ruscha: Руслан Шамильевич Чагаев, tatarcha: Ruslan Şamil ulı Çağaev, 1978-yil 19-oktabr, Andijon, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek bokschisi, Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi (ingl. WBA) versiyasi boʻyicha super ogʻir vaznda jahon chempioni. Ogʻir vaznda (81-91 kg) havaskorlar orasida Osiyo hamda jahon chempioni.

Faoliyati



Bokschi, „Oʻzbekiston iftixori“ (1998), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000). Andijon respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtida tahsil olgan (1991—1997), Andijon universitetini tugatgan (2002). 91 kg vazn toifasida Oʻzbekiston (1996, 1999, 2000, 2001), Markaziy Osiyo oʻyinlari (1995, Toshkent; 1997, Olmaota), Osiyo (1995, 1999, Toshkent), Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok), jahon (1997, Budapesht) chempioni. U 91 kg dan ziyod vaznda ham jahon chempioni boʻlgan (2001, Belfast). 2001-yildan professional bokschi. Gamburg (GFR)ning „Universum boks promoshn“ klubi bilan shartnoma imzolab, reyting uchrashuvlarini oʻtkazib keladi (2004). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (2001).

1997-yilgi havaskorlar oʻrtasidagi Jahon Chempionati finalida kubalik bokschi Feliks Savonni magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritgan, lekin keyinchalik professional bokschi sifatida chetlatilgan. Ruslan Chagayev „Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan sportchi“, „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.

2007-yilning 14-aprel kuni WBA versiyasi boʻyicha jahon chempionligi uchun Nikolay Valuyev bilan ringga chiqdi. Ushbu bahsda Ruslan 114-114, 115-113, 117-111 hisobida ochkolar boʻyicha gʻalaba qozondi. Bu janggacha Valuyev bironta uchrashuvida magʻlubiyatga uchramagan edi.

Germaniyaning Gamburg shahrida yashaydi va shugʻullanadi. Murabbiyi: Mixael Timm (nem. Michael Timm). Uylangan, bir oʻgʻli bor.

Ruslan Chagayev 2008-yilning 19-yanvarida Britaniyalik bokschi Matt Skelton bilan oʻz unvonini himoya qilish uchun ringga chiqdi. Bu jang 12 raund davom etib, ochkolar boʻyicha gʻalaba Ruslan Chagayevga berildi va u oʻz chempionlik kamarini yana bir marta oʻzida saqlab qoldi.

Lekin ayrim axborot manbalari tarqatgan xabarga koʻra, Chagayev va Valuyev jangi 5-iyulga qoldirilgan. Jang sanasi muddatining uzaytirilishiga Ruslan Chagayevning sogʻligi yomonligi sabab boʻlgan.

Ruslan Chagayev 2007-yilda „rossiyalik dev“ laqabli Nikolay Valuevni yengib, ilk bor professional boksning WBA yoʻnalishi boʻyicha eng ogʻir vazn toifasida Jahon chempioni boʻlgan va oʻshanda Oʻzbekistonda chempionni millionlab ishqibozlari oliqshlar bilan kutib olgan.

2011-yil 27-avgustda Chagayev rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan WBA muntazam jahon chempioni unvoni uchun jangda ringga chiqdi. Jangning boshidanoq Aleksandr oʻzining murabbiyi Teddi Atlas rejalashtirganidek, hujumga oʻtishni boshladi. 5-o‘yin oxiri — 6-tur boshiga qadar Povetkinning ustunligi sezilarli bo‘lib, ochkolar bo‘yicha peshqadam edi. Keyin esa Chagayevning oʻzi ancha tajovuzkor harakat qila boshladi. Uning zarbalari raqibiga aniq yetib bordi va bir nuqtada ochkolar uning foydasiga ishlay boshladi. Biroq Chagayev tezda charchay boshladi va 11-raunddan boshlab ustunlik yana Povetkinga oʻtdi, u koʻp boʻlmasa-da, baribir Chagayevning kuchli toʻsigʻini yorib oʻtdi. Natijada, Ruslan soʻnggi raundda umumiy zarbalar boʻyicha raqibidan ustun keldi, shu bilan birga ularning soni boʻyicha sezilarli darajada magʻlub boʻldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan gʻalabani Povetkinga berishdi: 116-112, 117-113, 117-113.

Ruslan Aleksandr Povetkinga yutqazgach, 2011-yilda ringga chiqmagan. Reytingdagi oʻrinlarni yoʻqotib, 2012-yil boshidan beri Chagayev sakkiz raundlik janglardan asta-sekin tiklana boshladi. Shunday qilib, 28-yanvar kuni Ruslan mashhur bokschi Kerston Mansvellni magʻlub etdi.

21-aprel kuni Ruslan Chagayev amerikalik Billi Zambranni mutlaq nokautga uchratdi.

2012-yilning 1-sentyabr kuni Feliks Shturm va Daniel Gil jangining underkatida u germaniyalik taniqli sportchi Verner Kreyskottni 7-raundda nokautga uchratdi.

2012-yilning 1-dekabrida Ruslan bu yilgi toʻrtinchi jangini magʻlubiyatsiz kubalik Mayk Peresga (18:0) qarshi oʻtkazishi kerak edi, ammo jangdan bir hafta oldin Peres jarohat oldi va jang bekor qilindi.

Faoliyatining tugashi



2016-yil 17-oktyabrda u boksdagi faoliyatini yakunlash to‘g‘risida yakuniy va qaytarib bo‘lmaydigan qarorni qabul qildi. Bunga Lukas Braun bilan soʻnggi jangdan keyin kuchaygan koʻrish bilan bogʻliq muammosi sabab boʻldi.

Jang natijalari




Shaxsiy hayoti



Ruslan Chagayevning millati tatar, islom diniga eʼtiqod qiladi. Uning otasi Shamil Chagayev, Kalda qishlogʻida tugʻilgan (Ulyanovsk viloyati Barishskiy tumani), 1950-yilda oila Oʻzbekiston SSRga koʻchib kelgan. Onasi, O‘zbekistonda tug‘ilgan Zamira Chagayeva 2005-yilda Moskvada vafot etgan.

Xotini — Viktoriya arman millatiga mansub, andijonlik, Andijon tibbiyot institutini tamomlagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz