Ruslan Abdullayev
Ruslan Abdullaev — birinchi yarim oʻrta vazn toifasida havaskor bokschi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Jahon chempioni (2023), Osiyo chempioni (2022), Oʻzbekiston chempioni (2021), havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va respublika turnirlarining koʻp karra gʻolibi.
Hayoti
Ruslan Abdullayev 2002-yilda Oʻzbekistonda tugʻilgan.
Havaskor karyerasi
2019—2020-yillar
2019—2020-yillarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga kira olmadi. Qozogʻistonga kelib, Qozogʻiston yoshlar terma jamoasiga kirishga urindi va hatto Janubiy Qozogʻiston viloyati tarkibida Qozogʻiston yoshlar chempionatida qatnashdi. Yarim finalda Sabirjan Akkalikovga(ingl.)oʻzb. yutqazdi) va yakunda Qozogʻiston yoshlar chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Qozogʻistonda COVID-19 pandemiyasi boshlanganda u ham COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalindi, musobaqalar uzoq muddatga toʻxtatildi. Bu esa Qozogʻistondagi navbatdagi respublika musobaqalarida ishtirok etishiga toʻsqinlik qildi va natijada u Oʻzbekistonga qaytib keldi.
2021—2022-yillar
2021-yil dekabr oyida Oʻzbekiston chempioni boʻldi va Rufat Risqiyev kubogini qoʻlga kiritib, Oʻzbekistonning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
2022-yil noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) 63,5 kg vazn toifasida ilk bor Osiyo chempioni boʻldi. Musobaqaning finalida tajribali hindistonlik bokschi Shiv Thapani magʻlub etdi.
2023-yil
Boks boʻyicha 2023-yilgi jahon chempionati finalida debyut qilgan Ruslan Abdullaev (-63,5 kg) finalda moʻgʻulistonlik Chinzorig Batarsuxdan ustun keldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org