Ruscha-oʻzbekcha lugʻat (2013)
„Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ (ruscha: Русско-узбекский словарь) — 2013-yil chop etilgan ikki jildli ruscha-oʻzbekcha lugʻat. Lugʻat 1983-1984-yillarda chop etilgan ikki jildli ruscha-oʻzbekcha lugʻatga asoslangan. Lugʻatni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti nashrga tayyorlagan. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan. Yangi nashrga masʼul muharrir etib Abduvahob Madvaliyev tayinlangan. Lugʻat shu kungacha chiqarilgan eng keng koʻlamli ruscha-oʻzbekcha lugʻatlarning biridir. Lugʻat kirill alifbosida yozilgan.
Ushbu ikki jildli lugʻat toʻlaligicha 1983-1984-yillarda chiqarilgan lugʻatga asoslangan boʻlsa-da, tamoman yangi nashr oʻlaroq taqdim etildi. Yangi nashrda kommunizm nuqtai nazaridan izohlangan soʻzlarga yangi izoh berilgan, eskirgan soʻzlar olib tashlangan, yangi paydo boʻlgan soʻzlarga izoh berilgan, ayrim soʻzlarning izohlari yangilangan, hozirgi imlo qoidalaridan kelib chiqqan holda ayrim soʻzlarning yozilishiga aniqliklar kiritilgan.
Lugʻatning birinchi jildiga 31 146, ikkinchi jildiga esa 27 994 soʻz kiritilgan. Lugʻatda soʻzlarga doir keng grammatik maʼlumotlar berilgan. Rus tilini oʻrganayotganlar uchun qiyinchilik tugʻdiradigan hollar va soʻzlarning grammatik formalari batafsilroq berilgan. Lugʻatda ekvivalent soʻzlar orqali tarjima asosiy oʻrin tutgan. Lugʻatda adekvat (aynan) tarjima mumkin boʻlmagan hollarda tushuntirishlardan foydalanilgan.
Jildlar
Lugʻatni tuzishda foydalanilgan adabiyotlar
„Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ toʻrt jildli „Rus tili lugʻati“ga (ruscha: Словарь русского языка) (1957-61) asoslangan. Qoʻshimcha manbalar sifatida Sergey Ojegovning „Rus tili lugʻati“dan (ruscha: Словарь русского языка) (1973), „Rus tili lugʻati“ (ruscha: Словарь русского языка) nomli 17 jildli akademik lugʻatdan (1950-60), „Orfografik lugʻat“dan (ruscha: Орфографический словарь) (1980) va boshqa koʻplab lugʻatlardan foydalanilgan.
Lugʻatni zamonaviylashtirishda „Yangi soʻzlar va maʼnolar“ (ruscha: Новые слова и значения) nomi bilan N. Z. Koteleva tahriri ostida nashr etilgan (1973, 1980, 1981) lugʻatlar katta rol oʻynagan. Atamalarning maʼnolarini aniqlash uchun ruscha va oʻzbekcha ensiklopediyalardan foydalanilgan.
Lugʻat ikki bosqichda tuzilgan. Avval rus tilining izohli lugʻatlari asosida ruscha soʻzlik ishlab chiqilgan. Soʻngra tayyor soʻzlik asosida lugʻat maqolalari tuzilgan.
Lugʻat soʻzligi
Lugʻat soʻzligini tuzishda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti leksikologiya va leksikografiya boʻlimining kichik ilmiy xodimlari M. Alimova (З – qisman, Л, У), F. Konyusheva (Т, Х, Ч), D. Muhiddinova (Б, В, З – qisman, Ф, Ц, Ш, Щ), M. Yoqubova (А, Г, П – qisman), katta ilmiy xodimlari N. Alhamova (Д, И, Й, Э, Ю, Я, П – qisman), G. N. Mixaylov (Е, Ж) qatnashgan.
Soʻzlikning dastlabki tahririni N. Alhamova (А, Б, Г, Е, Ж, П – qisman), S. S. Kim (Л, М, Н, Р), G. N. Mixaylov (В, П – qisman, У), M. Abdurahimov (К, О, С, Т), D. H. Bozorova (Х, Ч, Ц, Ш, Щ, Э, Ю, Я), B. Joʻrayev (З, П – qisman, Ф) bajargan.
Tuzuvchilar
Lugʻat maqolalarini harflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti xodimlari S. Akobirov (А, Д, М, С), T. Aliqulov, (Л, Н, П, –
па dan
поветрие gacha), N. Alhamova (Э, Ю, Я), Zokir Maʼrufov (Б, Г, Ф, Ц), N. Mamatov (К, О), G. N. Mixaylov (Е, Ж), H. Yusufxoʻjayeva (И, Й, П –
просаливать dan oxirigacha), R. Doniyorov (З, П –
продавливать dan
просаливать gacha, Т –
третичный dan
трогаться gacha), E. Umarov (В –
восполниться dan oxirigacha, Т –
тоннаж dan
трансформизм gacha;
трение dan
третировать gacha;
трогаться II dan
тут gacha), Ergash Fozilov (В –
верхами dan
внакладку gacha), M. Abdurahimov (В –
вне dan
восполнить gacha), B. Xoʻjaxonov (Х, Ч, Ш, Щ, П –
поветь dan
подкурить gacha, Т –
трансформирование dan
трензельный gacha,
тутовник dan oxirigacha); boshqa tashkilotlarning xorimlari: Gʻ. Neʼmatov (Р ,В – boshlanishidan
верх gacha), S. Qorayev (У, Т – boshlanishidan
тонна gacha) tuzgan.
Tahrirchilar
Lugʻat maqolalarining dastlabki tahriri Zokir Maʼrufov (С, У, Ч, Э), T. Aliqulov (П, Р), N. Alhamova (А, Б, Д, Т, Ц), R. Doniyorov (Ф, Ш, Щ, Ю, Я), E. Umarov (Т), H. Yusufxoʻjayeva (И, Й, К, М, Х, Ч), B. Xoʻjaxonov (В) lar tomonidan bajarilgan.
Soʻzliklarni lugʻat talablari darajasida uzil-kesil tahrir qilish uchun maxsus redaktorlar (I tom boʻyicha S. S. Kim, II tom boʻyicha N. Alhamova) tayinlangan.
Frazeologiya va uning berilishini M. Abdurahimov va H. Yusufxoʻjayeva solishtirib, aniqlab chiqqan. Havola maqolalarni esa B. Joʻrayev tekshirgan.
Lugʻat qoʻl yozmasi ustida OʻzSE Bosh redaksiyasi xodimlari S. Sodiqov, D. Fayziyeva. B. Xoʻjaxonov, E. Shoahmedov, A. Karimova hamda Til, adabiyot va folklor ilmiy redaksiyasi mudiri P. Toʻrayev katta tahrir ishlarni qilgan.
Lugʻatning I jildi S. Akobirov, II jildi N. Mamatov muharrirligida nashr etilgan.
Yangi nashrning tahriri uchun masʼul muharrir etib Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Abduvahob Madvaliyev belgilangan.
Texnik ishlarni bajarganlar
Lugʻatning ilk nashri qoʻlyozmasini tayyorlashdagi texnik ishlarni E. Umarov rahbarligi ostida N. Ikromova, F. Konyusheva, D. Muhiddinova, B. Joʻrayev, H. Ismoilov, SH. Halilova, M. Ortiqova, E. Eshonqulova, R. Shukurovlar bajargan.
Lugʻatni qayta ishlash bilan bogʻliq texnik ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti xodimlari Gʻ. Ismoilov, Mahbuba Qodirova va A. Saidnomanovlar hamda „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti xodimlari D. Hasanova, A. Zulpixarov, A. Majidov, A. Yoqubjonovlar ishtirok etgan.
Eski va yangi nashr oʻrtasidagi farqlar
Lugʻatning yangi nashrini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti bilan "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti hamkorlikda tayyorlagan. Masʼul muharrir Abduvahob Madvaliyev ikki yil davomida ilmiy-tahririy ishlarni amalga oshirgan.
Yangi nashrda „shoʻro davrida tuzum taqozosi bilan va shoʻro mafkurasi nuqtai nazaridan bir tomonlama, noxolis izohlangan bir qancha soʻzlar, xususan, ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy, tarixiy, iqtisodiy terminlar eng soʻnggi manbalarga tayangan, ularga qiyoslangan holda qaytadan xolisona“ izohlangan. Bundan tashqari, berilgan izohlarda oʻzbekcha muqobili boʻlsa-da, ruscha varianti ishlatilgan soʻzlar oʻzgaritirilgan. Masalan, „avtor“ soʻzi oʻrniga „muallif“ soʻzi berilgan. Yangi imlo qoidalariga muvofiq ravishda ayrim soʻzlarning yozilishiga aniqliklar kiritilgan.
Miqdoriy oʻzgarishlar
Yangi nashrda quyidagicha miqdoriy oʻzgartishlar amalga oshirilgan:
Lugʻatni zamonaviylashtirish uchun foydalanilgan manbalar
Lugʻatni zamonaviylashtirish uchun quyidagi manbalardan foydalanilgan: „Rus tilining toʻrt jildli lugʻati“ (ruscha: Словарь русского языка в четырёх томах) (1981-1984), „Rus tilining izohli lugʻati“ (ruscha: Толковый словарь русского языка) (2000, 2008), „Yangi soʻzlar va maʼnolar. Lugʻat-spravochnik“ (ruscha: Новые слова и значения. Словарь-справочник) (1984), „XX asr oxiridagi rus tilining izohli lugʻati“ (ruscha: Толковый словарь русского языка конца XX века) (1998), „Xorijiy soʻz va iboralarning yangi lugʻati“ (ruscha: Новейший словарь иностранных слов и выражений) (2003), „Xorijiy soʻzlarning illyustratsiyali katta lugʻati“ (ruscha: Большой иллюстрированный словарь иностранных слов) (2004), „Toʻgʻri ruscha soʻzlashuvi lugʻati“ (ruscha: Словарь правильной русской речи) (2004), „Xorijiy soʻzlarning yangi lugʻati“ (ruscha: Новый словарь иностранных слов) (2006), „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ (2000-2006), „Oʻzbek tilining izohli lugʻati“ (2006-2008).
Manbalar
uz.wikipedia.org