Ruscha-internatsional soʻzlar izohli lugʻati




Ruscha-internatsional soʻzlar izohli lugʻati “ — sovet tilshunos olimlari Olim Usmonov va Renat Doniyorov tomonidan tuzib chiqilgan izohli lugʻat. Lugʻatning 1965 hamda 1979-yilgi nashrlari mavjud.

Lugʻatni tuzish davomida professor Ushakov tomonidan nashrga tayyorlangan 4 tomli „Tolkoviy slovar russkovo yazika“ — „Rus tilining izohli lugʻati“ (1938—1940), SSSR Fanlar akademiyasi Rus tili instituti tomonidan nashrga tayyorlangan 4 tomli „Slovar russkovo yazika“ — „Rus tili lugʻati“ (1957—1961), „Slovar inostrannix slov“ — „Chet tillaridan kirgan soʻzlar lugʻati“ (1954), shuningdek, 3 tomli „Ensiklopedichskiy slovar“ — „Ensiklopedik lugʻat“ (1955—1959), „Politechskiy slovar“ — „Siyosiy lugʻat“ (1956) kabi oʻzbekcha-ruscha hamda ruscha ensiklopedik lugʻatlardan keng foydalanilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz