Rus sousi
Rus sousi (inglizcha: Russian dressing; soʻzma-soʻz tarjimasi — „ruscha ziravorlash“) — salat uchun amerikacha achchiq ziravor. Sousning asosini mayonez va ketchup tashkil etadi. „Ruben“ sendvichi kabi Amerika oshxonasining muhim tarkibiy qismi. Ming orol sousiga oʻxshash.
Tarixi
Rus sousi haqida birinchi marta 1910-yilda tilga olingan va Amerika manbalariga tegishli. Xuddi shu yili Charlz Fellouzning pazandalik kitobida pomidor va sarsabil tortilganda rus sousi sirka bilan taqqoslanadi.
Sous nomining kelib chiqishi aniq emas, chunki na ketchup, na mayonez anʼanaviy rus oshxonasida yoʻq. U 1910-yilgacha AQShdan tashqarida mavjud boʻlganligi haqida hech qanday dalil yoʻq.
Tarixchilarning fikriga koʻra, mayonezga asoslangan sous versiyasi 1910-yillarning boshlarida. Nyu-Xempshir shtatidagi Nashua shahrida paydo boʻlgan. Uning asl yaratuvchisi Jeyms Kolberndir. 1927-yildagi biografik maqola uni „rus sousidek mazali ziravorning muallifi va birinchi ishlab chiqaruvchisi“ deb ataydi. Kolbern kamida 1910-yildan beri doʻkonida bu mayonezli sousni sotgan. 1914-yilga kelib, Kolbern sous ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi hamda uni baqqollar va mehmonxonalarga sotishni boshlaydi.
Tayyorlanishi
Rus sousi, odatda, pimento mitti achchiq qalampiri (oʻzbek mahalliy shevasida „bomba“ qalampir) hisobiga oʻtkir taʼmli boʻladi. Mayonez va ketchupdan tashqari, unga, koʻpincha, yerqalampir, shnit-piyoz va dorivorlar qoʻshiladi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org