Rus matematika maktabi
Andoza:Infobox school
Rus matematika maktabi (
RSM ). Maktabdan keyingi taʼlim dasturi boʻlib, davlat va xususiy maktablarda oʻqiydigan bolalarga matematika bo'yicha dars beriladi. Maktab bolalarga an'anaviy maktab o'quv dasturidan tashqari, matematika bo'yicha rivojlanish imkoniyatini ham beradi. Inessa Rifkin va Irene Khavinsonlar RSM asoschilari hisoblanadi.
RSMning asosiy yo'nalishi - boshlang'ich taʼlim matematikasi. O'rta maktab darajasidagi sinflarga SAT, SAT II va AP imtihonlari kabi standartlashtirilgan testlarga tayyorgarlik ko'rishadi. Har bir sinf misollar va mashqlar yordamida mavzularni òzlari mustahkamlashadi. Sinf ishlari bilan birga barcha o‘quvchilarga o‘rganganlarini mustahkamlash uchun uy vazifasi beriladi.
Tarixi
Rasmiy malumotlarga ko‘ra, Inessa Rifkin (Belarusning Minsk shahrida tug‘ilgan) bilan birgalikda Irina Khavinson (Ukrainaning Chernigov shahrida tug‘ilgan) farzandlari yaxshi yashashi uchun SSSRdan chiqib ketganlar. Ular birgalikda sifatli va chuqurlashtirilgan matematika darsligini yaratganlar. 1997-yil Rifkin xonimning oshxonasida birinchi darslari o'tkazilgan. 1999-yil oktabr oyida Boston tumanining chekka qishloğida o'quvchilar taxsil olishlari uchun maxsus maktab tashkil etilgan. Hozirda kunda 40 000 ga yaqin o‘quvchilar tahsil olib kelishmoqda.
Joylari
Maktabdan tashqari matematika darslari dastlab Boston tumanidagiInessa Rifkinning yashash xonasida bo'lib o'tgan. O'sha vaqtdan beri maktab AQSh va Kanadada 50 dan ortiq maktablar va onlayn dasturni o'z ichiga olgan holda kengaytilgan. RSM shuningdek, New Hempshire shtatining Sunapee shahrida tungi lagerni ham boshqarib kelmoqda.
Munozaralar
2022-yil 20-mart kuni RSM asoschilaridan biri Inessa Rifkin "Yozgi lager" deb nomlangan shaxsiy sahifasidashunday dedi:
Ukrainada Rassiya prezidenti Putinga tinch yo'l bilan taslim bo'lish tanlovi ham bor edi. Ukraina Prezidenti Zelensky Putinga qarshi kurashishni tanladi. U nafaqat o'z hayotini xavf ostiga qo'ydi, minglab tinch aholini hamda ko'plab yosh bolalarning ham hayotini havf ostiga qoydi. Buning ustiga 3 000 000 ga yaqin aholi qochoqqa aylandi. O'ylab qaraganda insonlarning azob- uqubatlariga nafaqat Putin, balki Ukraina prezidenti Zelensky ham javobgar deb hisoblash mumkin.Prezident haq edimi?. U boshqa odamlarning farzandlari uchun qaror qabul qilishga haqli deb o'ylaysizmi?.
Rifkin o‘shandan beri o‘zining Facebook sahifasidayuqoridagi fikrlarga batafsil to‘xtalib o'tdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org