Rupert Grint
Rupert Aleksander Lloyd Grint (inglizcha: Rupert Alexander Lloyd Grint; 1988-yilning 24-avgustida tugʻulgan), Garri Potter filmlarida uchta bosh qahramonlardan biri Ron Uesli rolini oʻynagan ingliz aktyori. Grint Ron Uesli rolini ijro etganda 11 yoshda boʻlgan, u maktabdagi umumiy teatrga aʼzo boʻlgan. U 2001 va 2011-yillar oraligʻida Daniel Redkliff va Emma Uotsonlar bilan birgalikda Garri Potter filmlarining barcha sakkiz qismida bosh rolni ijro etgan.
Qisqa hayot yoʻli
Grint Uesskeksda tugʻildi. Uning onasi Joanna Grint — uy bekasi (tugʻruq familiyasi Parson), otasi Nigel Grint suvenerlar ishlab chiqaruvchi. U oilada eng katta farzand edi. Undan keyin Jeyms ismli ukasi bor. Shuningdek Jorjina, Samanta va Sharlotta ismli singillari ham bor.
U «St Josephs Primary School» nomli katolik maktabda ta'lim oldi. Maktabdalik davridayoq teatrga oʻzgacha mehr qoʻydi. Shu orada maktab teatrida katta boʻlmasada rollar ijro etdi. 16 yoshida maktabni bitirgach oʻz faoliyatsini boshladi.
Faoliyat
Garri Potter (2001 — 2011)
2001-yilning boshida muallifi britaniyalik ayol J.K Rouling boʻlgan bestseller asar :"Garri Potter va falsafa toshi" kitobiga film ishlana boshlandi. Film uchun Rouling - ssenariynavist, Syuzi Figgs - assistent va Kris Kolambus - Rejissor sifatida ish yurita boshladilar.
Filmografiya
Filmlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org