Running with the Wolves
„
Running with the Wolves “ norvegiyalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Auroraning debyut mini-albomidir. 2015-yilning 4-mayida Decca va Universal Music leybllarida eʼlon qilingan.
Kompozitsiya
Auroraning soʻzlariga koʻra „Running with the Wolves“ning har bir qoʻshigʻi har xil mavzuga ega boʻlib, u „kasalmand, xayolparast, hayvoniy keyin esa juda qaygʻuli“. „Runaway“ 2015-yil 7-fevralda Petroleum Records orqali chiqarilgan Running with the Wolvesning asosiy qoʻshigʻi hisoblanadi. Qoʻshiq albomning ikkinchi va oxirgi qismida kuylangan. Qoʻshiq, shuningdek, Tom Moore tomonidan suratga olingan Wolfwalkers (2020) filmida saundtrek sifatida foydalanilgan.
Reliz tarixi
Running with the Wolves 2015-yil 4-mayda chiqarilgan.
Albomni ommalashtirish uchun Aurora bir nechta chiqishlar qildi. U 2015-yilgi Nobel tinchlik mukofoti konsertida chiqish qildi. U 2015-yilda Londonda oʻzining konsertini berdi va shu yilning noyabr oyida Brixton Acadameyda Of Monsters and Men dasturida qatnashdi. „Runaway“ taronasidan Fox telekanali orqali efirga uzatilgan The Following teleserialining uchinchi mavsumida ishlatilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org