Rune Jarstein
Rune Almenning Jarstein (1984-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, Bundesliganing „Hertha“ klubi va Norvegiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Faoliyatining erta davrlari
Jarstein Porsgrunn shahrida tugʻilgan. Futboldagi faoliyatini Skien shahridagi mahalliy Herkules jamoasida boshlagan. Oʻsmirlik davrida u Yevropaning bir qancha top-klublarida, jumladan, "Manchester United " va „Bayern Munich“ jamoalarida bir qancha sinovlardan oʻtgan.
Jarstein 2002-yil 18 yoshida Odd jamoasi tarkibida Norvegiya oliy divizionida debyut oʻyinini oʻtkazgan. 2007-yilda Odd jamoasi Norvegiya birinchi divizioniga tushib ketganidan soʻng, Jarstein „Rosenborg“ jamoasiga oʻtib ketgan.
2010-yil 8-martda Jarstein asosiy tarkibdagi oʻrnini Daniel Örlundga boy berganidan keyin Viking jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Uning Viking bilan shartnomasi 2013-yilgi mavsumdan keyin yakuniga yetadi.
Hertha BSC
2013-yilning 17-dekabrida u Germaniyaning Hertha BSC jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2015-2016-yilgi mavsumda u asosiy tarkib darvozaboni boʻldi, chunki ungacha asosiy tarkib darvozaboni boʻlgan Tomas Kraft yelkasidan jarohat olganidan soʻng zaxira oʻrindigʻiga tushib qolgan edi. 2015-yilning 18-dekabrida Jarstein „Hertha“ bilan shartnomasini 2018-2019-yilgi mavsum oxirigacha, uch yarim yilga uzaytiradi.
Jarstein Kraftga nisbatan Hertha jamoasining asosiy darvozaboni boʻlib qoldi. Faqat UEFA Yevropa ligasi saralash bosqichida Kraft va Jarstein oʻz oʻrinlarini almashtirdilar. Borussia Dortmundga qarshi kechgan oʻyinda Jarstein oʻzini juda yaxshi koʻrsatdi va bir necha seyvlardan soʻng Pierre-Emerick Aubameyang tomonidan amalga oshirgan penaltini qaytardi.
2020-21-yilgi mavsum oldidan Aleksandr Shvolov yangi bosh murabbiy sifatida shartnoma imzoladi. Menejer Pal Darday 2021-yil yanvarida quyi ligaga tushib qolish xavfi ostida qolgan „Hertha“ga qaytadi. Jarstein 2021-yil aprel oyida COVID-19 kasalligiga chalinib shifoxonaga yotqizilganidan to tuzalib chiqqunga qadar vaqt oraligʻida liganing 8 ta oʻyinini oʻtkazib yuboradi.
Xalqaro faoliyati
Jarstein Norvegiya yoshlar terma jamoasida jami 30 ta oʻyinda maydonga tushgan.
2007-yil 23-avgustda u Norvegiya terma jamoasi tarkibida Argentinaga qarshi oʻyinda (2:1) 45 daqiqa oʻynaydi. 2011-yilda Jon Knudsen jarohat olganidan soʻng Jarstein milliy terma jamoaning yangi asosiy tarkib darvozaboniga aylanadi. Jarstein Sloveniyaga qarshi navbatdagi oʻyinda yana asosiy tarkibda maydonga tushdi va 2013-yilning yanvarida milliy terma jamoadagi darvozabonlar murabbiyi Frode Grodås Jarsteinning rosmana asosiy tarkib darvozaboniga aylanganini aytdi.
Faoliyati statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Rosenborg Individual Manbalar
uz.wikipedia.org