Румыны




Ruminlar (oʻzlarini — romanlar deb atashadi; lotincha: romanus — "rimlik"dan) — xalq, Ruminiyaning asosiy aholisi (20,55 mln. kishi). Umumiy soni 21 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasida 6 mingga yaqin kishi. Rumin tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, pravoslavlar. Rumin xalqining shakllanishida sobiq Qad. Rim imperiyasining provinsiyalari (viloyatlari) Dakiya va Myoziyada yashagan va Rim hukmronligi davrida (106—271 yillar) romanlashgan kabilalar (dakiyaliklar, getlar va boshqalar), shuningdek, romanlashmagan erkin dakiyaliklar va 6-asrdan slavyanlar qatnashganlar. 10-asrdan Vizantiya, slavyan, soʻngra venger tarixiy manbalarida R. "vlaxlar", "voloxlar" nomi bilan qayd etilgan. 1862-yil yagona Ruminiya davlati barpo etilgan. Aholisining asosiy qismi qishloq xoʻjaligi va sanoat korxonalarida band.

Ruminlar (rumin tilida — romin, lotin tilida esa romanus — „rimdik“) — millat, Ruminiyaning tub xalqi. Vengriya, Bolgariya, AQSh, Kanada, v.b. davlatlarda istiqomat qilishadi. Umumiy soni 23,8 mln. kishidan ziyod (2004), shulardan Ruminiyada 19 mln., qolganlari boshqa davlatlarda. Roman guruhining sharqiy tormogʻi sanalmish rumin tilida gaplashadi. Bir nechta govorlari (muntyan, banat, krishan, v.h.) bor. Koʻpchiligi masihiylik dinining pravoslavie tarmogʻiga mansub.

Rumin tili



Rumin tili tillarning hindevropalik oilasiga roman guruhining balqan-roman ostguruhiga kiradi. Mana bu dialektlari oʻzgachadir: banatlik, krishanlik, muntyanlik, moldaviyalik (Moldova tarixiy oʻlkasining dialekti), maramureshlik Leksikada janubiy slavyanliklarning taʼsiri koʻp. Rumin tili balqanlik tilli ittifoqqa kiradi. Ilk yodgorliklari (xatlar, ish qogʻozlar, diniy matnlarning tarjimalari) 17 asrning boshlariga kiradi (tarixiy yilnomalar). Badiy adabiyot 18 asrning oxirlaridan boshlab paydo boʻla boshlaydi. Boshlanishida kirill alifbosi foydalanib, 1860-yili lotin alifbosiga oʻtadi.

Diniy etiqodlari



Diniy etiqodlari — pravoslavieliklar, protestantlar va katoliklar ham bor. Ruminlar katta evropeoid irqining hindi-oʻrtaerdengizi nasilining pontiylik tipiga kiradi; togʻli tumanlarida katta evropeoidlik irqining balqanlik-kavkazlik irqining dinarlik antropologiyalik tiplari bor. Rumin etnosining asosida getlar bilan daklarning frakiylik qabilalari mavjud. Ruminlarning bobokalonlarining shakllanishining asosiy davri ularning erlarida Meziya (mil.av. 1 a. — milodiy 5 a.) va Dakiya (milodiy 2-3 asrlarda.) provinsiyalari tashkil topgan Rim imperiyasi davridagi get-daklarning romanlanishi boʻldi. 6 asrga tomon materiallik va ruxaniy madaniyatiga taʼsir qilgan slavyanlar bilan aloqalashgan dak-romanlik etnos jamoat tashkil topdi. Quyi Dunayning chap qirgʻogʻidagi slavyanlarning koʻpchiligi roman tilli xalq bilan qoʻshilib ketdi. Milodiy 1 va 2-mingyilliklarda sharqiy roman voloxlik etnos jamoasi tashkil topdi.

Milliy xoʻjaligi



Milliy xoʻjaligi — dehqonchilik, uzum bilan shugʻullanish, bogʻbonchilik, 19-asrning boshlarigacha asosiy chorvachiligi mol boqish boʻldi. Kasb-hunarlari — toʻqimachilik, qish, duradgorchilik, teri oshlash v.h yaxshi rivojlangan.

Milliy taomlari



Milliy taomlari — makkajoʻhori unidan mamaliga va yupqa non (melay), boʻrsh (chor-be), kozonak — kulichning bir turi,

Rojdestvoga, Yangi yilga va har doim toʻyiga oʻrilgan(kolak) pishiradi. Karam yoki uzum yapiroqlarida golubsi tayyorlaydi. Qavurdoq (tokane), drob — marqaning ichaklaridan tayyorlanadigan taom. Qoʻldan yasalgan uzum sharoblari va aroq — suyka keng qamrov olgan.

Galeriya




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz