Ruminiya pasttekisligi




Quyi dunay tekisligi , Ruminiya pasttekisligi — Ruminiya va Bolgariyaning shim. qismidagi tekislik. Shimolida Karpat togʻlari bilan janubda Bolgariya platosi oraligʻida. Uz. 560 km, eni 40–120 km. Yuzasi pleystotsen allyuviy va lyosslari bilan qoplangan mezozoy va kaynozoy yotqi-ziklari bilan toʻlgan tektonik bukilmada joylashgan. Yer yuzasi oʻr-qirli, daryo vodiylari, yassi jar va jarliklar bilan kesilgan. Dunay daryosi deltasi va vodiysida katta hududlar botqoqliklardan iborat. Koʻl koʻp. Ikdimi moʻʼta-dil, kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —1°, —3°, iyulniki 22—23°. Yillik yogʻin 400–600 mm. Dunay dar-yosi vodiysida oʻrmonlar saqlangan. Q.Quyi Dunay tekisligining katta qismidan qishloq xoʻjaligida foydalaniladi. Ruminiya poytaxti Buxa-rest shahri joylashgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz