Rumi Utsugi
Rumi Utsugi (ing. Utsugi Rumi, 1988-yil 5-dekabrda tugʻilgan, Kavasaki, Kanagava) — yaponiyalik futbolchi, Sietl jamosida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Jahon chempioni 2011-yil.
Karyerasi
Klub
Yarim himoyagchi Utsugi 15 yoshida NTV Belez bilan shartnoma imzolashdan oldin NTV Menina yoshlar jamoasida oʻynagan. Tokio klubidagi olti mavsumida u atigi ikki mavsumni asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida oʻtkazdi va 2005 2008 va 2010-yillarda Yaponiya chempionatining beshta chempionligini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari Yaponiya kubogida ham gʻalablarga erishdi.
U professional faoliyatini 2004-yilda NTV Beleza klubi tarkibida boshlagan va u bilan besh marta Yaponiya chempionatida gʻolib chiqqan.
2010- u Montpellier HSC bilan shartnoma imzoladi..
2010-yilning yozida Sara M'Barek rahbarligida Fransiyaning "Monpelye" klubiga oʻtib, Fransiya chempionatidagi birinchi yaponiyalik futbolchiga aylandi. U jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. U va uning jamoadoshlari Coupe de France finalida toʻrt marta magʻlub boʻlishdi
2016-yilning yozida Club Herault bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Rumi NWSLda Amerikaning Sietl Reynʼ klubiga qoʻshildi.
Terma jamoa
Yaponiya terma jamoasi tarkibida u uchta jahon chempionatlarida - 2007, 2011 va 2015-yillarda oʻynagan. 2015-yilgi jahon cempionatiga Kanada mezbonlik qilgan. Utsugi Kanadadagi Jahon chempionati finaliga chiqdi, ammo finalda AQShga yutqazdi. 2015-yilgi Jahon chempionati natijalariga koʻra, u turnirning ramziy terma jamoasiga kirgan.
Klubdagi Statistika
Club
== Terma jamoadagi statistika ==
Ishtiroklar
Nippon TV Beleza Yaponiya Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org