Rumen Radev




Rumen Georgiev Radev (bolgarcha: Румен Георгиев Радев; 18-iyun 1963-yil) — Bolgariya harbiy va siyosiy arbobi, mamlakatning 5-prezidenti (22-yanvar 2017-yildan).

Biografiya



18-iyun 1963-yilda Dimitrovgradda tug’ilgan..

1987-yilda harbiy havo kuchlari universitetini tugatgan.

1992-yilda AQShdagi «Maxwell» harbiy maktabini tugatgan.

1994-1996-yillarda Rakovskiy nomli mudofaa kollejini tugatgan.

Harbiy fanlar doktori. Ingliz, nemis, rus tillarini biladi. 1-darajali uchuvchi.

1987—1998 – Ravnetsdagi 15-qiruvchi samolyotlar aviatsiya polkida kichik pilotdan eskadrilya komandirgacha xizmatda.

1998—1999 – Ravnetsdagi 5-aviabaza komandiri o’rinbosari.

1999—2000 – Graf Igantievodagi 3-aviabaza shtabi komandiri.

2000 — NATO harbiy kurslari tinglovchisi.

2000—2005 - Graf Igantievodagi 3-aviabaza shtabi boshlig’i.

2005-2009 – Graf Igantievodagi harbiy aviabazalar shtabi komandiri.

2009—2014 – Bolgariya harbiy havo kuchlari qo’mondoni o’rinbosari.

2014—2016 – Bolgariya harbiy havo kuchlari qo’mondoni.

Bolgariya sotsialistik partiyasi a’zosi. 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida mamlakat prezidentligiga saylandi.

22-yanvar 2017-yilda qasamyodga keltirildi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz