Ruhi juvanon




Ruhi juvanon — jaydari urik navi. Xalq seleksiyasida yaratilgan. Daraxti kuchli usadi. Bal. 8 m. gacha boradi. Barglari yirik, och yashil. Mevasi iyun oxiri — iyulning boshlarida pishadi, oʻrtacha 35—40 g, choʻziqdumaloq. Poʻsti silliq, yupqa, eti sariq, taʼmi xushxoʻr, suvli. Tarkibida 14— 16% qand, 0,8% kta, 60,38 mg% vitamin S bor. Danagidan qiyinroq ajraladi. Danagi yirik, magzi shirin.

Koʻchati oʻtqazilgach, 5—6yili hosilga kiradi. Sovuqqa chidami oʻrtacha. Nam bilan yetarli taʼminlangan tuproqlarda yaxshi hosil beradi. 10—12 yoshida daraxtidan 30–55 kg, 20—25 yoshida 60–70 kg hosil olinadi. Mevasi xoʻlligicha yeyiladi, murabbo, kompot, turli konservalar qilinadi, sharbat tayyorlanadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz