Ruggero Leoncavallo




Ruggero Leoncavallo (talaffuzi: Rujjero Leonkavallo; 1857.25.4, Neapol — 1919.9.8, Florensiya yonidagi Montekatini) - italyan kompozitori, musiqiy verizm asoschilaridan. Neapol konservatoriyasi, Bolonya universitetida taʼlim olgan. Bolonya universiteti doktori (1878). Hayotni haqqoniy ifodalashga yoʻnaltirilgan verizm uslubida 20 dan ziyod opera yaratgan: "Bogema" (1897, "Lotin kvartali hayoti" nomida ham qoʻyilgan), "Zaza" (1900), "Loʻlilar" (1912) va boshqa "Masharabozlar" ("Payaslar", 1892) operasi oddiy odamlar kechinmalarining yorqin ifodalanishi, keskin dramatik rivoji, musiqiy vositalar hamda kuylarning taʼsirchanligi bilan qimmatli boʻlib, musiqa verizmining ibratli namunasiga aylangan. "Malbruk", "Atirgul qirolichasi" kabi operettalar, "Qoʻgʻirchoq hayoti" baleti, simfonik va kamer asarlar ham yaratgan. "Masharabozlar" operasi Navoiy teatrining repertuaridan doimiy oʻrin olgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz