Rugelax




Rugelax (idishcha: רוגעלך, rōgeleḵ) yahudiylarning kelib chiqishi polyak-ashkenaziycha boʻlgan pishirigʻi. Isroilda juda mashhur, koʻpincha kafe va novvoyxonalarda uchraydi. Amerikalik va yevropalik yahudiylar orasida ham mashhur shirinlik hisoblanadi.

Anʼanaviy rugelax uchburchak xamirning ichiga masalliq solib oʻrash orqali yarim oy shaklida tayyorlanadi. Ichiga mayiz, xurmo, yongʻoq, dolchin, shokolad, marsipan, koʻknor urugʻi yoki murabbo solinishi mumkin.

Shtrudel yoki yongʻoqli ruletga oʻxshash muqobil shakli mavjud, lekin ulardan farqli oʻlaroq, pishirishdan oldin oʻralgan xamir va ichidagi kesib olinadi.

Gallereya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz