Rufiji




Rufiji — Tanzaniyadagi daryo. Nyasa koʻlidan sharqda joylashgan togʻlardan boshlangan Luvegu va Kilombero daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi Luvegu irmogʻining boshlanish joyidan 1400 km, havzasining maydoni 178 ming km². Hind okeanining Mafiya dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 1100 m³/sek. Martdan may oyigacha suvi koʻpayadi. Quyi qismida kema qatnaydi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz