Rudolf Oroli




Rudolf oroli , Rudolf Yeri — Frans Iosif Yeri arxipelagidagi eng shimoliy orol (Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyati tarkibida). Asosan, qumtosh va bazaltdan tarkib topgan. Maydoni 297 km²ga yaqin. Deyarli butunlay muz bilan qoplanib yotadi. 1936-yildan Qutb stansiyasi bor. Tadqiqotchi Yu. Payer tomonidan Avstriya valiahdi nomiga qoʻyilgan. Bir necha bor Shimoliy qutbga boruvchi ekspeditsiyalarning bazasi sifatida foydalanilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz