Рудный
Rudniy —(qozoqcha: Рудный) Qozogʻiston Respublikasi Qoʻstanay viloyatidagi shahar. Tobol daryosi (Ob havzasi) chap sohilida. Temir yoʻl stansiyasi (Jelezorudnaya). Qoʻstanaydan 50 km janubi-gʻarbda joylashgan. Aholisi 127,552 kishi (2012). 1957-yilda temir ruda koni ishga tushirilishi va SokolovskSarbaysk kon boyitish kombinatining ishga tushirilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Kimyo tolasi zavodi, oziq-ovqat sanoati korxonalari, industrial instituti bor.
Tarixi
1949-yili 18-fevralda Oltoy geologiya ekspeditsiyasining uchuvchisi M.G.Surgutanov „Saribay“ jarligining ustidan uchib borayotib, birdaniga kompas tili janubni koʻrsatganini koʻradi. Uch oydan keyin Surgutanovning kompasning koʻrsatgan joyiga geologlar va geograflar keladi. Ular Saribay hududida yirik kon oʻrni borligini aniqlaydi. 1949-yili bahorda V.P.Novikov Sokolov temir koni foydali qazilmalarini ochadi.
1954-yili yozda hukumat kombinat qurulishini boshlash toʻgʻrisida farmonni imzoladi. Shu vaqtda shahar qurulishi ham boshlandi. 1955-yilgi mayda ilk bor qurulishchilar keldi, ular trest boshqaruvchisi Ya.M.Gimmelmash va V.Sh.Buresh boʻldi.
Hozirgi shahar
Rudniy shahrining maydoni — 0,1 ming kv.m. tashkil qiladi.
Viloyat markazidan uzoqligi — 46 km.
Aholisi — 127,552 kishi (2012). Aholining milliy tarkibi quyidagi jadvalda (2010):
Taʼlim
Shaharda 12 maktabgacha jamoa, 23 ta umumiy bilim beruvchimaktab, 1 qoʻshimcha, 1 kechki payt oʻqiydigan maktab, 1 maktab-internati, 1 oliy oʻquv mahkamasi, 4 kolledj, 3 ta kasb-hunar maktablari faoliyat yuritadi. Shahar maktablarining deyarli barchasi internet tarmogʻiga ulangan.
Tibbiyot
Shaharda 9 tibbiy xizmat koʻrsatuvchi davlat obʼekti (7 kasalxona mahkamasi, 1 shifoxona va 1 tibbiy punkti) va 4 ta hususiy (1 kasalxona va 3 ambulator-shifoxona mahkamasi) faoliyat yuritadi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org