Rudnev haykali, Xarkov
Xarkovdagi Rudnev haykali (ukraincha: Пам'ятник Руднєву) — Xarkovdagi yodgorlik, bolshevik , Rossiyadagi fuqarolar urushi qatnashchisi Nikolay Aleksandrovich Rudnevga bagʻishlangan.
Tarixi
Yodgorlik 1959-yil dekabrda oʻrnatilgan. Mualliflar haykaltarosh Viktor Petrovich Volovik va meʼmor V. D. Yakimenko. Granit postamentdagi yodgorlik inqilobchi Nikolay Rudnevning bronza haykali edi. Mahalliy ahamiyatga ega tarixiy yodgorlik sifatida tan olingan.
Yodgorlik 2015-yil 11-aprelga oʻtar kechasi Ukrainada kommunistik ramzlarni taqiqlovchi qonun qabul qilingandan keyin nomaʼlum shaxslar tomonidan buzib tashlangan. Yodgorlik oʻrnida „Xudo Ukrainani asrasin“ yozuvi bilan xoch oʻrnatilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org