Rudali Togʻlar




Rudali togʻlar , Krushne-Gori — Yevropadagi togʻlar, Chexiya togʻ massivining shim.gʻarbiy chekkasi. Uz. 150 km. Eng baland joyi 1244 m. Gneys, granit, fillit, slyudali slanets jinslaridan tuzilgan. 800–900 m gacha balandlikdagi yon bagʻirlari aralash oʻrmonlar, qiya, toʻlqinsimon togʻ tepalari oʻtloklar bilan qoplangan. Volfram, vismut, rux va boshqa metall rudalari topilgan (nomi ham shundan). Issiq buloqlar bor. Qishki sport musobaqalari oʻtkaziladi. Iqlimiy va balneologik kurortlar kup.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz