Rubrukvis Billem
Rubruk , Rubrukvis Billem (1215 va 1220 yillar orasi — 1293) — flamand sayyohi, rohib. 1253—55 yillarda fransuz qiroli Lyudovik IX tomonidan Moʻgʻulistonga yuborilgan elchilarga rahbarlik qilgan. R. Fransiyadan Falastinga yoʻl olgan, soʻngra Konstantinopol, Krim, Don dashtlari, Oʻrta Osiyo, Markaziy Moʻgʻulistondan oʻtib 1254 y. Koraqurum shahriga yetib borgan; qaytishda Kavkaz va Kichik Osiyoda boʻlgan. R.ning oʻz sayohati haqidagi hisobotida u bosib oʻtgan mamlakatlar tarixi, etn. va geogr.si qaqida qimmatli maʼlumotlar bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org