Rublyov Andrey




Andrey Rublyov (taxminan 1360—13701427, baʼzi manbalarga koʻra, taxminan 1430, Moskva; Andronikov monastiriga dafn etilgan) — rus rassomi; Moskva rangtasvir maktabining asoschisi. Kiborlar muhitida tarbiyalangan. Rublyov ijodi Moskva Rusi badiiy anʼanalari zaminida shakllangan, shuningdek, u Vizantiya va jan. slavyanlar badiiy amaliyotlarini ham yaxshi bilgan. Rublyov asarlari falsafiy teranligi hamda badiiy shaklining mukammalligi bilan ajralib turadi; rassom ularda insonning maʼnaviy goʻzalligi va axloqiy kuchqudratini yangicha talqin etadi (Zvenigraddagi soborlar uchun "Spas", "Havoriy Pavel", "Arxangel Mixail" va boshqa ikonalari, 14-15-asrlar chegarasida). Rublyov ijodining choʻqqisi "Troitsa" sanami (14-asr oxiri — 15-asr boshi)da anʼanaviy bibliya syujeti koʻtarinkilik va falsafiy mazmun bilan boyitilgan. Moskva, Vladimir va boshqa shaharlar soborlaridagi ikonostaslar uchun ikonalar yaratgan ("Qiyomat kuni" va boshqalar).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz