Rubinrot 3




" Timeless 3: Zumrad kitobi " - (nemischa nomi: Smaragdgrün) Kerstin Geer trilogiyasi syujeti asosida shahar fantaziyasi, melodrama va xrono-fantastika elementlaridan iborat nemis ilmiy-fantastik filmining yakuniy qismidir. Ushbu film „Timeless“ turkumli kitoblarning soʻnggisi va ularning davomidir.

Mazmuni



Yuragi singan va his-tuygʻulari oyoq osti qilingan boʻlsa, nima qilish kerak? Eng yaqin doʻstibilan soatlab telefonda gaplashsinmi? Shokolad yeb, yotoqda yotsinmi, koʻz yosh toʻksinmi? Afsuski, Gvendolinning bunga vaqti yoʻq. Buning sababi, hayotining oʻn yettinchi yilida u tasodifan vaqt sayohatchisining geniga egalini bilib qoladi. Uning boshi tushunarsiz va anglab boʻlmas yangoiliklardan aylanmoqda: xronograf, qon doirasi, oʻn ikki sir, barcha otishmalar va kechalar, janglar va oʻtmishning qorongʻu labirintlari boʻylab sayohatlar va endi uning ortida boshqa birov borligi va u haqiqatan ham yagona narsa omon qolishni oʻylashiga toʻgʻri keladi! Barcha mavzular oʻtmishga, yaʼni abadiyat manbaini olish uchun xavfli oʻyin oʻynaydigan sirli Graf Sen-Jermenga olib boradi...

Film syujeti Gvendolinning Gideondan koʻngli qolish qismlaridan boshlanadi: Gideonning sevgi izhori - bu Graf Sent-Jermen uchun oʻyin-kulgu sifatida koʻriladi. Bir necha vaqt sayohatchilarining kelajagini Graf oʻtmishdoshlari oldiga sayohat qilib yoʻq qiladi. Ammo keyinchalik tushunarsiz bir narsa sodir boʻladi va Gvendolinning dunyosi yana ostin-ustun boʻladi. Yoshlar oʻtmish sari umidsiz sayohatga otlanishadi. Toʻplar, taʼqiblar - bu qahramonlarni kutayotgan narsa edi. Ammo eng muhim savol shuki: Gvendolinning singan yuragi qayta tiklanishi mumkinmi?

Relizi



Film ilk bor 2016-yil 24-iyun kuni Myunxen xalqaro kinofestivalida namoyish etiladi. 7-iyul kuni filmning premyerasi butun Germaniya boʻylab boʻlib namoyish etilishni boshlaydi. Iyul oyi davomida film ham ekranlarga chiqadi. Filmning bosh aktyorlarini, jumladan, Mariya Erix, Yanis Nivener va Laura Berlinlar ijro etishadi.

Suratga olish ishlari



2015-yilning 14-aprelidan 14-iyuniga qadar Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Turingiya, Bavariya va Shotlandiyada trilogiyaning yakuniy qismlari suratga olinadi. Soʻnggi filmning byudjeti 750 000 yevroni tashkil etadi.

Rollarda




Mukofotlar va nominatsiyalar




Ishlab chiqaruvchi tashkilot




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz