Ruberoid




Ruberoid (lot. rubes — kizil va yun. eidos — oʻxshash) — oʻrama (rulonli) karton qogʻozga neft mahsulotlari (bitum)ni shimdirib tayyorlanadigan qurilish materiali. Chidamliligini oshirish maqsadida bitum qoplamaga mayda toʻldirgichlar qoʻshiladi, sirtiga esa talk, maydalangan slyuda yoki yirik donali mineral kukunlar sepiladi. Binokorliqda qoʻllaniladigan R.ning standart kengligi — 750, 1000 va 1025 mm, bir ruloni 10 yoki 20 m2 boʻladi. R. tomga yopishdan tashqari, binolarning yer osti qismlarini namdan muhofaza qilish maqsadlarida (gidroizolyasiya materiali sifatida) ham koʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz