Ruben Safarov




Ruben Akopovich Safarov (16-noyabr 1930-yil, Andijon shahri — 5-iyul 2016-yil) — huquqshunos, yozuvchi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1982), professor (1983). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1980).

Biografiyasi



Taʼlimi



Ruben Safarov oʻrta maktabni tamomlaganidan soʻng, Moskva davlat uiversitetining yuridik fakultetiga oʻqishga kiradi va 1953-yilda universitetni tamomlaydi. Oʻqish mobaynida Safarov nomzodlik (1963) va doktorlik (1982) dissertatsiyalarini himoya qilgan hamda tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olishga muvaffaq boʻlgan.

Safarov 2000-yil 19-mayda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tayinlangan.

Mehnat faoliyati



Ruben Safarov mehnat faoliyati davomida bir qator lavozimlarda faoliyat olib borgan.

"Andijanskaya pravda" viloyat gazetasida — adabiy xodim, boʻlim mudiri, 1953—1964-yillarda — muharrir oʻrinbosari.

1964—1972-yillarda — "Andijanskaya pravda" gazetasi muharriri.

1972—1979-yillarda — Oʻzbekiston KP MK targʻibot-tashviqot boʻlimi mudiri oʻrinbosari.

1979—1988-yillar — Oʻzbekiston nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat qoʻmitasi (keyinchalik Davlat matbuot qoʻmitasi) raisi oʻrinbosari.

1988—1996-yillarda — "Pravda Vostoka" gazetasi bosh muharriri.

1996-yildan — „Oʻzqishloqmashxolding“ kompaniyasi ish boshqaruvchisi.

Ijodi



Ruben Safarov ijodiy faoliyati davomida isteʼdodli nosir sifatida ham tanilgan boʻlib, turli janrlarda yaratgan „Akatsiya gullaganda“, „Ustoz taqdiri“, „Usto va amir“, „Prometey“ kabi koʻplab kitoblar muallifi hisoblanadi.

Shuningdek, „Katta paxta uchun“ (1963), „Qishloqda kommunistik mehnat“ (Andijon viloyati partiya tashkilotining qishloqda kommunistik mehnat uchun harakatga rahbarlik qilish ish tajribasidan kelib chiqqan holda yozilgan asar, 1965), „Qoʻrqmas Sharafat“ hujjatli hikoyasi (1966), „O‘zbekiston matbuoti kommunistik qurilishida“ (1973), „Mehnatkash qal’a“ (1975), „Ommaviy axborot vositalariga partiyaviy rahbarlik“ (rivojlangan sotsializm davrida Oʻzbekiston partiya tashkiloti ish tajribasiga asoslangan holda yaratilgan asar,1979), „Yashash buyurilgan“ hujjatli hikoyasi, „Proletar armiyasi qoʻmondoni“ (1982), „Abadiy tirik“ (V. I. Lenin haqida yaratilgan asar, 1982), „Prometey“ (K. Marks haqida yaratilgan asar, 1982) „Akatsiya gullaganda“ hikoyasi, (1984), „Tubsizlik ustidan koʻprik“ (1984), „Usto va amir“ romani (1985) „Ustoz taqdiri“ (Ganchkor usto Shirin Murodov haqidagi roman, 1987) kabi romanlar ham yozuvchi Ruben Safarov qalamiga mansub asarlar sirasiga kiradi.

Mukofotlari



Ruben Safarov mehnat faoliyati davomida "Shuhrat" medali hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvonlari bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz