Rub
Ruʼb , Rub — oʻrta asrlardagi Tohariston shaharlaridan biri. Arablar istilosi davrida (7-asr) R. Siminjon sh. bilan yagona mulkni tashkil etib, uning shohi turkiycha Ruʼbxon unvoni bilan atalgan. Xalifalikka 826—827 yillarda 12600 dirham miqdorida xiroj toʻlagan. R.da mahalliy hukmdor — Ruʼbxonning qarorgohi boʻlgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org