Rtveladze Edvard Vasilyevich
Edvard Vasilyevich Rtveladze (1942-yil 14-may, SSSR, Gruziya SSR, Borjomi — 2022-yil 10-fevral, Oʻzbekiston Toshkent) — arxeolog, tarixchi olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), tarix fanlari doktori (1989), professor (1992).
Taʼlim
Toshkent davlat universitetini tugatgan (1967).
Faoloyati
1967-yildan Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim. Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyoning qadimiy va oʻrta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, epigrafikasi, sanʼati, madaniyati tarixini oʻrganishga bagʻishlangan. Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Kipr, Yaponiya va Fransiyada olib borilgan 80 dan ortiq ilmiy arxeologik ekspeditsiyalar ishtirokchisi. Koʻpgina arxeologik yodgorliklarni ochgan va tekshirgan. Edvard Rtveladze rahbarligida Toxariston ekspeditsiyasi tomonidan Kampirtepada olib borilgan qazishlar natijasida arxeologik amaliyotda birinchi marta Kushonlar davriga oid qadimiy shahar xarobasi toʻliq ochilganligi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Edvard Rtveladze rahbarligi ostida shaharlar va taniqli davlat arboblari yubileylariga bagʻishlangan kollektiv monografiyalar, shu jumladan, Amir Temur jahon tarixida, Xiva — ming gumbazli shahar, Shahrisabz, Termiz, Jaloliddin Manguberdi va boshqalar tayyorlangan.
Mukofatlari
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org