Rso




Sulfokislotalar , sulfon kislotalar, R-SOH yoki R-SOOH (R — alifatik, geterotsiklik yoki aromatik qatorning uglevodorod radikali) — tarkibida sulfoguruh (-SOH) boʻlgan kislotalar: suvda yaxshi eriydi. S. kislotalik darajasiga koʻra mineral kislotalarga yaqin.

S.ning muhim xususiyati oʻz tarkibidagi sulfoguruhni boshqa funksional guruxlarga almashtira olishidir. Aromatik S. asosiy organik sintezning muhim mahsuloti (mas, fenollar ishlab chiqarish.da); azoboʻyoklar, dorivor moddalar (sulfanilamid moddalar), ion almashtiruvchi smolalar va boshqa tayyorlashda ishlatiladi. Alifatik S.ning ammoniyli tuzi (sulfonatlar) yuvuvchi moddalar uchun komponent sifatida qoʻllanadi. Anorganik kimyoda "S." termini baʼzan tiokislotalar oʻrnida ham ishlatiladi. S. radikallarining tabiatiga qarab, boshqa oʻrin almashgan guruxlar va sulfoguruhning soni bilan sinflanadi. S.ga alkansulfokislotalar, aromatik S, alkilaromatik S, oksisulfokislotalar, aminosulfokislotalar kiradi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz