Ró-Ró
Pedro Migel Karvalyu Deus (arabcha: بيدرو ميغيل كارفاليو ديوس كورييا) 1990-yil 6-avgustda tugʻilgan.
Ró (arabcha: رُو رُو rū rō) nomi bilan tanilgan. Al Sadd SC va Qatar terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Portugaliyada quyi ligada oʻynagan, 2011-yil yanvar oyida mamlakatga kelganidan keyin Qatar Yulduzlar Ligasida „Al Ahli“ va "Al Sadd " jamoalarida maydonga tushgan. U Al Sadd bilan bir nechta sovrinlarni qoʻlga kiritadi jumladan ikkita liga unvonini.
Portugaliyada tugʻilgan Ro-Ro Qatarni terma jamoasida oʻynaydi. U 2019-yilgi Osiyo kubogi, 2019-yilgi Amerika kubogi va 2021-yilgi Oltin kubog musobaqalarida ishtirok etib, 2019-yilgi Osiyo kubogida gʻalaba qozonadi.
Klubdagi faoliyati
Portugaliyaning Kabo-Verde orolidan boʻlgan Alguerao-Mem Martins, Sintra shahrida tugʻilgan Ro-Ro yoshligida bir nechta klublarda shu jumladan SL Benfikada deyarli olti mavsum oʻtkazgan. U toʻrtinchi divizionda SC Farense bilan debyutini oʻtkazdi va keyingi mavsumni boshqa jamoa SC Mineiro Aljustrelenseda oʻtqazadi.
2011-yil yanvar oyida Ro-Ro oʻz mamlakatini tark etdi va Qatarning Al Ahli SC (Doha) klubi bilan shartnoma imzoladi. U oʻzining birinchi golini 2012-yilning 7-yanvarida „ Al Kharaitiyat SC“ ga qarshi oʻyinda kiritgan.
Ro-Ro oʻzining birinchi toʻliq mavsumida atigi oltita oʻyinda maydonga tushdi va uning jamoasi Yulduzlar ligasidan quyi ligaga tushib ketdi. U 2016-yilda „ Al Sadd SC“ jamoasiga qoʻshildi va kelganidan soʻng Qatar terma jamoasida oʻynash istagini bildirdi. U oʻsha yilning 12-dekabrida Jesualdo Ferreyra boshchiligidagi jamoada birinchi marta gol urdi.
Terma jamoadagi faoliyat
Ro-Ro Qatar terma jamoasi safida 2016-yilning 29-mart kuni futbol boʻyicha JCh—2018 saralashi doirasida Xitoyga safarda debyut qildi. 2017-yil 23-dekabrda u oʻzining birinchi golini 23-Arab koʻrfazi kubogida Yaman ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi. Uning jamoasi Quvaytdagi guruh bosqichidan chiqdi. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida barcha oʻyinlarni oʻtkazdi va turnir Birlashgan Arab Amirliklarida uning jamoasi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Ro-Ro shuningdek, 2019-yilgi Amerika Kubogi va 2021-yilgi KONKAKAF Oltin kubogi musobaqalarida jamoasi bilan KONKAKAF kubogida yarim finaliga chiqdi. Dekabr oyida Qatar oʻz maydonida uchinchi oʻrinni egallagan FIFA Arab Kubogining ilk bosqichida uning jamoasi ikkinchi guruh oʻyinida Ummonga qarshi oʻynadi unda Ro birinchi boʻlimdagi jarohati bilan yakunlandi.
Yutuqlar
Klub bilan
Al Ahli Al Sadd Terma jamoa bilan
Qatar Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org